Huawei 1
Ipotekani subsidiyalash uchun arizalar 10-iyuldan qabul qilinadi

2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025-yil 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirish mumkin:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali;
Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali quyidagi havola orqali: 

Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plagan bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda bo‘lishi zarur:

Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda: MHTEKMning 2,7 baravardan (3 118 500 so‘m) – 8 baravargacha (9 240 000 so‘m);
Toshkent shahrida: MHTEKMning 2,7 baravardan (3 118 500 so‘m) – 9,2 baravargacha (10 626 000 so‘m).

Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i nomida butun respublika bo‘ylab mulk huquqi asosida turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar asosida baholanadi. 

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты