Huawei 1
Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

2024-yil 24-iyul JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Telegram-kanalaridan birida eʼlon qilingan Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqidagi postga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaroga jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, 36 yoshli fuqaro R.A. yozgan mazkur izohi yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida, IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan jamoat joyi hisoblanadigan IIO FMB binosiga kirish ko‘chasida baqir-chaqir qilib, har xil uyatsiz so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzgan.

Sud majlisida so‘ralgan huquqbuzar R.A. IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysungan holda kelganligi, ortiqcha xatti-harakat qilmaganligi, unga birinchi marotaba ogohlantirish berilishini so‘radi.

Sud, huquqbuzar R.A.ning mazkur huquqbuzarlikni sodir qilganligi, uning o‘z qilmishiga iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatuvidan tashqari, IIO xodimining bildirgisi, guvohlarning tushuntirish xati, ish materiallaridagi dalolatnoma, sud majlisi jarayonida aniqlangan holatlar hamda ish materiallarida mavjud bo‘lgan boshqa dalillar bilan ham to‘liq tasdiqlangan deb hisoblagan.

Sud qarori bilan huquqbuzar R.A. MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты