Huawei 1
Fransiyada dunyodagi eng katta oltin baliq vafot etdi

Shampan shahridagi Bluewater Lakes baliq ovlash ko'lida Sabzi laqabli ulkan apelsin sazan nobud bo‘ldi. Baliqning aniq yoshi noma'lum, ammo u taxminan 20 yoshda ekanligi aytilgan.

Baliq o'zining g'ayrioddiy rangi va kattaligi tufayli mashhur bo'lgan - uning vazni 30 kilogrammni tashkil etgan. Ba'zi baliqchilar Shampanga aynan shu sazanni tutish uchun kelishgan va keyin uni yana ko'lga qo'yib yuborishgan.

Oltin baliq o'z ko'li yoniga dafn qilindi va u yerda baliq xotirasi uchun yodgorlik taxtasi o'rnatildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91620 | Инструменты