Huawei 1
Issiqlik ta'minoti bo'yicha 85 mingdan ortiq abonentga 8,1 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitob qilingan

Oʻtgan kuz-qish mavsumida Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish  agentligiga tushgan murojaatlar  tahlil qilinganda  koʻp qavatli uylarda issiqlik taʼminoti   sohasida aynan birgina poytaxtda 400 ga yaqin aholining xonadonlari isimayotganligi haqidagi shikoyatlari qayd etilgan. 

Bu haqda Iste'molchilar huqularini himoya qilish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik o'tkazgan tekshiruvlar davomida Toshkent shahrining  Chilonzor, Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlariga  xizmat koʻrsatuvchi TS-3, TS-5, TS-9, TS-10 issiqlik qozonxonalaridan yetkazib berilgan issiqlik darajasi belgilangan meʼyordan pastligi aniqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasida esa ijrochi ayrim turdagi ishlarni belgilangan muddatda bajarishi shartligi qayd etilgan.

Xabarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Toshissiqquvvati” DUKga koʻrsatilmagan xizmat uchun toʻlovlarni qayta hisoblash toʻgʻrisida, shuningdek, boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish uchun zarur choralarni koʻrish boʻyicha koʻrsatma berganligini ma'lum qilgan. 

Bugungi kunga qadar berilgan koʻrsatma doirasida “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan poytaxtimizning mazkur toʻrtta tumanining 85 272 ta abonentiga 2020-yil noyabr-dekabr oylari uchun 8,1 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilingan. 

Isteʼmolchilarning abonent hisobraqamiga mablagʻlarini qayta hisoblash jarayoni davom ettirilmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты