Nigeriya poytaxti Abujada katolik cherkovida gumanitar yordam tarqatish vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nigeriyaning Punch gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nigeriya politsiyasining rasmiy vakili Jozefina Adening taʼkidlashicha, erta tongdan boshlab Mayama tumanida joylashgan cherkovga mingdan ortiq odam yigʻilgan.
"Oziq-ovqat yordami tarqatish paytida yuz bergan tiqilinchda o'n kishi halok bo'ldi, ular orasida to'rt bola ham bor", dedi u.
Nigeriyaning Channels TV telekanali ma’lum qilishicha, cherkovga nafaqat poytaxtdan, balki yaqin atrofdagi qishloqlardan ham 3 ming kishi yordam so‘rab kelgan. Oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni tarqatish yaqinlashib kelayotgan Rojdestvo bayramiga to'g'ri keldi. Gumanitar yordam keksalar uchun mo'ljallangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты