Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan:
“Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DMning 1,1 mlrd so‘mga yaqin;
Mirzo Ulug‘bek tuman Markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasining 871 mln so‘mlik;
Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining 1,2 mlrd so‘mga yaqin;
“O‘ZBEKGEOFIZIKA” AJning 1 mlrd so‘mga yaqin;
“YANGI TEXNOLOGIYALAR ILMIY-AXBOROT MARKAZI” DUKning 155 mln so‘mlik;
“CHIQINDI POLIGONLARINI BOSHQARISH DIREKSIYASI” DMning 2 mlrd so‘mlik
eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlari talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar tomonidan tanlov savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10415 | Инструменты