Tibbiyot sohasi xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ularga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi kerak. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova ma’lum qildi.
“Tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati davomida o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish holatlari ko‘payib bormoqda. Yaqinda Qo‘stanayda tez tibbiy yordam feldsheriga hujum uyushtirildi. Chaqiruvga asosan kelgan yosh ishchi Anel Baymurzina olgan jarohatlari ortidan kasalxonaga yotqizildi”, deya yozgan vazir.
Shu bilan birga, vazir shoshilinch tibbiy yordam xodimlari inson hayotining eng xavfli davrida yordamga kelganda, o‘zining hayoti haqida o‘ylashga vaqti yo‘qligini ham ta’kidlagan.
Akmaral Alnazarova taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-2023 yillarda Qozog‘istonda 158 nafar tibbiyot xodimi xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tibbiyot xodimlariga xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida sodir etilgan bosqin va zo‘ravonlik harakatlari uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish taklifi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
“Bunday harakatlar adolatli jazolanishi, jumladan, erkinlikni cheklash va jamoatchilik tomonidan qoralanishi kerak”, degan vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122222 | Инструменты