O'zbekiston diplomatlari Olmaota shahrida vaqtincha ishlayotgan hamyurtimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlashga ko'maklashdilar.
Ma'lum qilinishicha, yurtdoshimiz U.A. O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga ish beruvchi tomonidan olib qo'yilgan hujjatlarini qaytarish va ishlab topgan pullarini olishda yordam so'rab murojaat qilgan.
Diplomatlar ish beruvchi bilan muzokara o'tkazdilar. Natijada, vatandoshimizning hujjatlarini qaytarilishi va uning ishlagan davridagi maoshini to'lab berilishi ta'minlandi.
Vatandoshimizga zarur konsullik-huquqiy yordam ko'rsatilganidan so'ng, u 8 dekabr kuni Olmaota shahridagi Oltin O'rda avtovokzalidan Toshkentga kuzatib qo'yildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122222 | Инструменты