“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning shu vaqtiga qadar Inspeksiya tomonidan iste’molchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 9 ming 494 ta obyektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, 6 ming 753 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJlarga tegishli 2 ming 961 ta obyektni elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 518 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.