Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga talabgorning quyidagi hujjatlari talab etiladi:

- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
- fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
- baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
- ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining;

- aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfga;
- tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51219 | Инструменты