Joriy yilning 25 noyabr kuni Uchkuprik tumani Mashad qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan O.X. ijtimoiy tarmoqdagi akauntida O‘zbekiston tumani Qirqketmoq qishlog‘ida yashovchi, voyaga yetmagan M.S. bilan o‘zaro janjallashib, shu kuni Qo‘qon shahar Sovutsozlik ko‘chasida uchrashishgan va M.S.ning ikki nafar tanishlari ham ushbu janjalga aralashib, O.X. nining yuz va tana qismlariga urib, jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan so‘kib haqorat qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan M.S va O.X.larning ota-onasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi tartibida A.N. va A.T.larga nisbatan 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112718 | Инструменты