Yoʻl kengaytirilishi sabab yuzdan ortiq daraxtlarining ildiz qismi shikastlangani uchun oldingi hokim lavozimidan ozod etilgan edi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning farmoyishi bilan Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi.
"Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Xodjimanovga Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilsin", — deyiladi farmoyishda.
Eslatib o‘tamiz, yoʻl kengaytirilishi sabab yuzdan ortiq daraxtlarining ildiz qismi shikastlangani uchun Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90511 | Инструменты