Ergashov Jamshid Ashurovich Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar qiladi tuman hokimligi Matbuot xizmati.
Ergashov Jamshid 1981-yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003-yilda Termiz davlat universiteti, 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti, 2011-yilda esa Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60111 | Инструменты