Huawei 1
"Jayron" Buxoro ixtisoslashgan pitomnigiga o‘rnatilgan fotoqopqonga Prjevalskiy otlari tushdi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Jayron" Buxoro ixtisoslashgan pitomnigiga o‘rnatilgan fotoqopqon noyob tur bo‘lgan Prjevalskiy otlarini tasvirga oldi.

Ushbu tur O‘zbekiston Respublikasi faunasi uchun xos bo‘lmagan tur hisoblanadi. Xalqaro “Qizil kitob”ga D mezoni bo‘yicha (EN) “Endangered” toifasida, ya’ni “Yo‘q bo‘lib ketayotgan” tur sifatida kiritilgan.

Mazkur tur Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigiga 1987 yilda Moskva va Sankt-Peterburg hayvonot bog‘laridan 2 bosh olib kelingan. Dastlab tutqunlikda saqlab ko‘paytirilib, keyinchalik 1992 yilda pitomnik hududiga qo‘yib yuborilgan.

Kuzatuvlarga ko‘ra, pitomnik hududidagi ayni vaqtdagi soni 18 boshni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Jayron” pitomnigi Qizilqum cho‘lining janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, 40 yildan ortiqroq vaqt mobaynida bu yerda kamyob jonivorlar ko‘paytirib kelinmoqda. Pitomnikning faoliyati tufayli jayronlar, qulonlar, Prjevalskiy otlari, buxoro tog‘ qo‘ylari, buxoro bug‘ulari va boshqa jonivorlar  populyasiyasi tobora o‘sib bormoqda.

Avvalroq, bundan oldin ushbu fotoqopqonga qor qoploni, Turkiston silovsini, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i va Sibir tog‘ echkisi  muhrlanganligi haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga