Huawei 1
Jismoniy shaxslar tomonidan quyosh energiyasi uchun 5 milliard so‘mga yaqin subsidiyalar olindi

Respublika hududlarida aholini uy xo‘jaliklarida quyosh energiyasidan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilmoqda.

Jismoniy shaxslar kam quvvatli quyosh batareyalarini (50 kVtgacha) o‘rnatib, o‘z iste’molidan ortganini yagona elektr energetika tizimiga o‘tkazsa, har bir bunday kilovatt/soat uchun Soliq mobil ilovasi orqali 1000 so‘m subsidiya olishi mumkin.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida qariyb 5 ming kishi ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 4,8 milliard so‘m (taxminan 4,8 million kVt/soat) subsidiya oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты