Huawei 1
Bolalar ombudsmani va AQSH elchixonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yilmoqda

Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik va diplomatik vakolatxona xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida diplomatik missiya vakillariga Bolalar ombudsmanining asosiy funksiyalari va bugungi kundagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi.

Xususan, janob Henik Bolalar ombudsmanining murojaatlar bilan ishlash mexanizmi, fuqarolik jamiyati institutlari va media vakillari bilan hamkorligi hamda voyaga yetmaganlar saqlanayotgan yopiq muassasalaridagi monitoringlar masalalariga alohida qiziqish bildirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida AQSH elchixonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.

Xususan, bola huquqlarini ta’minlash borasida AQSH samarali tajribaga egaligidan kelib chiqib:

—  kibermakonda bolalarga nisbatan onlayn-tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish yuzasidan ekspertlik ko‘magi;

—  bolalarga nisbatan oiladagi zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish bo'yicha mutaxassislar uchun maxsus kurslar tashkil etish;

—  o‘quv muassasalarida bullingni oldini olishga oid pedagoglarda maxsus ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bullingga qarshi targ'ibot preventiv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;

 OAV vakillari uchun bola manfaatlariga oid ma’lumotlar bilan ishlash va ularni yoritish yuzasidan maxsus treninglar tashkil etish kabi masalalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91917 | Инструменты