Livanda peyjer portlashi oqibatida yana bir kishi halok bo‘ldi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Firas Abyad. Qurbonlar soni 12 nafarga yetdi, ulardan 2 nafari bolalar. Shu bilan birga, vazir yaradorlar soni 4 ming kishiga ko‘paygani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
“Al-Jazira” rasmiylar xabarlarini ma'lum qilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2,8 mingga yaqin odam jarohatlangan: Bayrutda 1,8 ming, Bekaada 850, mamlakat janubida 750 kishi. 300 dan ortiq odam reanimatsiyada yotibdi, ularning aksariyati o‘ta og‘ir ahvolda.
Bir kun avval, 17-sentabr kuni Livanda peyjer portlashlari sodir bo‘ldi. Livandagi "Hizbulloh" harakati voqeada Isroilni aybladi. Reuters agentligiga ko‘ra, Isroil razvetka xizmati (Mossad) "Hizbulloh"ning 5 ming peyjeriga portlovchi moddalar o‘rnatgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты