Huawei 1
Toshkentda “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil etiladi

Shu vaqtgacha Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz ushbu davlatga borgach, 6-8 oy vaqtini moslashish uchun sarflagan. Yangi loyihaga ko‘ra bunday bo‘lmaydi. O‘zbekistonning o‘zida kasb va tilga maqsadli o‘qitiladi.

Bu haqda Samarqandda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaining "Globogate Concept AG" konserni o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasida belgilab qo‘yildi.

“Davolash bo‘yicha Yevropadagi ikkinchi yirik Universitet klinikasi Aaxen bilan birgalikda Toshkentdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi 1-Respublika tibbiyot texnikumi bazasida nemis tibbiy-taʼlim dasturlari asosida “Hamshiralar  uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil qilinadi. Bir yil davomida kasb va til o‘rgatiladi. Muhimi, ular diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qo‘lga kiritadi”, - dedi "Globogate Concept AG" konserni bosh direktori Sang Vu Pay.

Shartnomada fuqarolarimizning huquqlari ikki davlat qonunlari bilan himoya qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91916 | Инструменты