Huawei 1
Jizzax viloyati SSBga boshliq tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Maxmarasul Do‘smatovich Umarov Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Maxmarasul Umarov 1992 yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya markazida vrach-epidemiolog, Do‘stlik tuman tibbiyot kollejida direktor muovini, direktor, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida vrach-epidemiolog kabi qator mas’ul vazifalarda ishlagan.

U mazkur tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozmida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101423 | Инструменты