Huawei 1
14-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkent viloyatida 26 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan

Prezidentga umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 11 loyiha taqdimot qilindi.

Soliq qo‘mitasi raisi nomidan Telegram orqali feyk xabarlar yuborilayotgani aytildi

Sherzod Kudbiyevning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram’da uning nomidan ayrim shaxslarga xabarlar jo‘natilgani haqida ma’lumot olgan.

Toshkentda ikki bloger va brbalo musiqiy guruhi artistlari yumoristik klipi uchun qamaldi

Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan mahalla raisi video odob-axloq me’yorlari va an’analarga zid ekani, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytgan.

O‘zbekiston 2027-yilda elektr energiyasi bozoriga, 2028-yilda esa tabiiy gaz ulgurji bozoriga o‘tishi kutilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida so‘zlagan nutqida tabiiy gaz to‘g‘risida muhim yangilikni aytib o‘tdi.

O'zbekiston kosmik fazo, oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish bo'yicha xalqaro shartnomaga qo'shildi

Prezident Kosmik fazoni, shu jumladan, Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqidagi qonunni imzoladi.

Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni sovuq kunlarda boshpanasiz hayvonlarga yordam berishga chaqirdi

"Avtomobillaringizni o‘t oldirishdan avval uni tekshirib ko'rishingizni so'raymiz, chunki, sovuq havoda jonivorlar issiq boshpana izlab, ko'pincha mashina g'ildiraklari va kapotlari ostida yashirinadilar. Bir muddat shoshmang, mashinani tekshirish uchun bir daqiqa vaqt ajrating", - deyiladi xabarda.

“Tolibon” Termizda musiqani cheklash bo‘yicha bizga hech qanday so‘rov jo‘natmadi – O‘zbekiston TIV

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi afg‘on nashrlaridan yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

Sentabr oyida ko‘chmas mulk bozorida uy-joy savdosi bilan bog‘liq shartnomalar soni 9%ga kamaygan

Sentyabr oyida hududlar kesimida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk bitimlari sonida eng katta pasayish Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida mos ravishda 20%, 14% va 13%ga qayd etildi.

2024 yilning 9 oyida UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 89 foizni tashkil qildi

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 303 ming 373 dona avtomobil sotilgan. Mazkur davrda har uchta sotilgan avtomobilning bittasini Cobalt tashkil qilgan.

Toshkentdagi 10 ta saylov uchastkalarida elektron ovoz berish sinovdan o‘tkaziladi

Sinab ko‘rilishi rejalashtirilgan elektron ovoz berish qurilmalaridan 37 ta xorijiy davlatlarda foydalanilgan bo‘lib, ular orqali shu kunga qadar 6,5 milliarddan ortiq saylovchilar ovoz bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101501 | Инструменты