Huawei 1
Jizzaxda ayol farzandlari ko‘z o‘nggida kaltaklanib, zo‘rlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumanida ayol farzandlari ko‘z o‘nggida kaltaklanib zo‘rlangani haqida xabar chiqarildi. Ushbu xabarlarga viloyat IIB rasmiy munosabat berdi.

Aniqlanishicha, Jizzax viloyati Zomin tumani “Peshag‘or” qishlog'ida yashovchi uy bekasi, 2 nafar farzandning onasi B.Z. tuman IIBga murojaat qilib, 2022-yilning 24-iyul kuni soat 02:45 larda o‘zining yashash uyiga tumanning “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. hamda uning mahalladoshi A.A. yotoqxona derazasi orqali kirib, uni qo‘rqitib, yuzlariga bir necha marotaba urishgani, majburlab, zo‘rlab nomusiga tekkanligi sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan D.A. va A.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 118- moddasi 2- qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Jizzaxda 50 yoshli ayol erini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ygani, Surxondaryoda to'yda kelinni "akamidan" urgan kuyovga ma'muriy ish qo'zg'atilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты