Ushbu video AQSH, Germaniya, Yaponiya, Koreya televideniyesida ham chiqib ketdi
2022-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘lib o‘tgan nikoh to'yi marosimida kelin va kuyovga o‘ralgan holda shirinlik berilib, uni kim birinchi bo‘lib ochish (“Syurpriz” o‘yini) o‘yini o‘tkazilgan.
O‘yin davomida kelin birinchi bo‘lib shirinlikni ochganligi sababli bu holatdan kuyovni jaxli chiqib kelinni bir marotaba urgan.
Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X.R. (kuyov) ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborildi.
Bundan tashqari, kuyov va kelin hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu video chet el, ya'ni AQSH, Germaniya, Yaponiya, Koreya televideniyesida ham chiqib ketganligi xabarlari tarqaldi.
Germaniyaning nemis tildagi “Bild” nashri holatni quyidagicha izohlaydi:
"Hech kim o‘rnidan turib kuyovni to’xtatmadi. Hech kim huquqni muhofaza qilish organlariga ham xabar bermadi. O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik har kuni non sotib olishdek oddiy hol”.
Shuningdek, videolavha Koreyaning JTBC telekanali tomonidan namoyish etildi. Unda bir necha shaxslar videoni hayajon bilan kuzata turib, holat yuzasidan o‘zlarining salbiy munosabatlarini bildirishgani aks etgan.
Bundan tashqari Rossiyalik teleboshlovchi va bloger Kseniya Sobchak voqeaga quyidagicha: “O‘zbekistonda kuyov kelinini to‘ydagi tanlovda yutgani uchun uning boshiga zarba bilan tushirdi. Ana senga oilaviy hayotning boshlanishi.” , - deya izoh bergan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122401 | Инструменты