Huawei 1
Jizzaxda iste’molga yaroqsiz 820 kg go‘sht Toshkentga sotish uchun olib kelinayotgani aniqlandi

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noqonuniy goʻsht tashilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-iyuniga o‘tar kechasi Gʻallaorol tumani hududidagi YPX maskanida Qashqadaryo – Toshkent yo‘nalishida shubhali harakatlanib kelayotgan Cobalt to‘xtatilib, tekshirilgan.

Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtomobil salonida go‘shtlar veterinariya va sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, haydovchi ushbu go‘shtlarga oid hech bir hujjatni taqdim qilolmagan. Shuningdek, u go‘shtni Qashqadaryodan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganini ma’lum qilgan.

IIO xodimlari tomonidan jami 820 kg go‘sht hujjatlashtirilib, laboratoriyaga yuborilgan. Lekin, tekshiruvlardan so‘ng, go‘shtlar iste’molga yaroqsiz ekani aniqlangan. Shundan so‘ng, ushbu go‘shtlar tegishli tartibda yoqib yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51116 | Инструменты