Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida qaynona o‘z kelini tomonidan ayovsiz kaltaklangani va ayni paytda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda yotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, gumon qilinuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tarmoqlarda sizdirilgan videoda Baxmal tumanining “Nurobod” mahallasi Bunyodkor ko‘chasi 146-uyda yashovchi L.O‘. ismli ayolning kelini O‘.S. tomonidan kaltaklangani, kelin ayolning tanasiga og‘ir jarohatlar yetkazgani va qochib ketgani aytilgan. Xabarlarda kelinning uyidan 20 million so‘m naqd pullarni olib ketgani ham qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111721 | Инструменты