AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning jamoasi Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishda ishtirok etgan amaldagi va sobiq yuqori martabali harbiylar ro‘yxatini tuzmoqda, ularni javobgarlikka tortish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, NBC News xabar berdi.
Manbalardan biri Amerika qo‘shinlarining 2021-yil Afg‘onistondan olib chiqilishi, xususan, ushbu qarorda ishtirok etganlar haqida ma’lumot to‘plash uchun komissiya tuzish rejalari borligini aytdi. Ushbu harbiy xizmatchilarga davlatga xiyonat qilish ayblovi qo‘yilishi va ular harbiy tribunalga tortilishi mumkin. Tramp jamoasi buning ehtimolini o‘rganmoqchi.
“Ular (Tramp jamoasi) bu masalaga juda jiddiy yondashmoqda”, deb ta’kidladi NBC telekanali suhbatdoshlaridan biri.
Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, ushbu yo‘nalishning kuratorlari orasida Mudofaa vazirining giyohvand moddalar va global tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha yordamchisining sobiq o‘rinbosari Mett Flinn ham bor. Masalaning huquqiy jihati, ya’ni davlatga xiyonat qilish ayblovi noaniq bo‘lib qolmoqda, chunki Amerika harbiylari AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenning buyrug‘ini bajargan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111721 | Инструменты