Huawei 1
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga jazo tayinlandi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt va Damas to‘qnashishi oqibatida uch kishi vafot etgandi. Aybdor haydovchiga jazo tayinlandi.

YTH 29-iyul kuni sodir bo‘lgan. 2003-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi Urgut—G‘o‘s yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar Damas yo‘lovchilari va Cobalt avtomobili haydovchisi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi JIB Urgut tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yilga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, unga nisbatan 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111721 | Инструменты