Huawei 1
Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

- 2025-yil 1-yanvardan kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

- 2025/2026-o'quv yilidan, kambag'al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

- 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan kambag'al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:

- kambag'al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;

- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so'mgacha bo'lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko'chma do'konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92413 | Инструменты