Karantinda pensiya jamg'armasiga to'lovlar qanday amalga oshiriladi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo'mitasi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing o'tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Karantinda pensiya jamg'armasiga to'lovlar qanday amalga oshiriladi?

Javob: Tadbirkorlar barcha turdagi soliq va majburiy to'lovlarni onlayn tarzda soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali to'lashlari mumkin.

Buning uchun shaxsiy kabinetda kerakli soliq yoki to'lov turini tanlash, to'lash kerak bo'lgan summani ko'rsatish va "to'lash" tugmasini bosish kifoya. To'langan summa soliq to'lovchining shaxsiy varaqasiga o'tkaziladi.

Agar soliq to'lovchining bankdagi hisobida mablag' yetarli bo'lmasa, uning to'lov topshirig'i avtomatik ravishda 2-son bank kartotekasiga joylashtiriladi va bu haqida Davlat soliq qo'mitasiga elektron shaklda xabar beriladi.

Ushbu to'lov tizimi kun bo'yi, dam olish kunlarsiz hamda bepul ishlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты