Endi kasb-hunar maktablari to'g'risidagi ma'lumotlarni hududiy boshqarmalarga qo'ng'iroq qilgancha bilib olishingiz mumkin
Davlat komissiyasi majlisining 2020-yildagi 1-son bayoniga muvofiq 2020-yil 5-iyuldan 20-iyulga qadar kasb-hunar maktablariga joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini onlayn qabul qilish davom etmoqda. 2020/2021-o'quv yili uchun kasb-hunar ta'lim muassasalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari onlayn tarzda kasb.edu.uz elektron paltforma orqali amalga oshirilmoqda.
Professional ta'lim muassasalarida tashkil etilgan qabul jarayonlari bo'yicha fuqarolarga o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari uchun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida 71-246-11-92 “Call markaz” tashkil etilgan. Shu bilan birga fuqarolar kasb-hunar maktablari to'g'risidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida ham “Call markaz”lar tashkil etildi.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi - (61) 224‑13‑66
- Andijon viloyati - (74) 228‑10‑02
- Buxoro viloyati - (65) 222‑01‑45
- Jizzax viloyati - (72) 226‑19‑75
- Qashqadaryo viloyati - (75) 221‑32‑97
- Navoiy viloyati - (79) 224‑62‑31
- Namangan viloyati - (69) 211‑71‑33
- Samarqand viloyati - (66) 235‑44‑54
- Sirdaryo viloyati - (67) 225‑47‑00
- Surxondaryo viloyati - (76) 224‑23‑78
- Toshkent viloyati - (70) 700‑75‑57
- Farg'ona viloyati - (73) 244 90 14
- Xorazm viloyati - (62) 228‑48‑85
- Toshkent shahar - (71) 252‑23‑28
Alpha version: 0.9.1.19 build 42919 | Инструменты