Huawei 1
Kelayotgan hafta boshida respublikada kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 27-29-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 27 yanvarda 9-14° iliq, 28 yanvar 5-10° iliq, 29 yanvar 2-7° iliq bo’ladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 0-5° iliq bo’ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq,
28 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 27 yanvarda 10-15° iliq,
28 yanvarda 5-10° iliq, 29 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq,
28 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi..

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 27 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 29 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20514 | Инструменты