Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024 o‘quv yilida klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish maqsadida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, bu borada foydalaniladigan test variantlari tafsilotlari, ularni shakllantiruvchi fan ekspertlari guruhi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari;
- tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi;
- respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;
- ilmiy tadqiqot institutlarida klinik ordinatura va internatura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bir bosqichli test sinovlari asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda har bir talabgor uchun BHMning yarim baravari miqdoridagi to‘lov tegishli tibbiy ta’lim muassasasi tomonidan to‘lab berilishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42719 | Инструменты