Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentiga "Trust and Support" MChJning "Muqaddima" nomli asarning kontrafakt nusxalari savdosi bilan shug'ullanayotgan shaxslarga tegishli chora ko'rish bo'yicha yo'llagan murojaati kelib tushdi.
Murojaatni o'rganish davomida “Muqaddima nomli asarning kontrafakt nusxalari “B. U.” MChJ , “A. H." MChJ, “X. B.” MChJ, “B. B” MChJlar tomonidan sotilayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan yuqorida nomi keltirilgan jamiyatlarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritildi hamda kontrafakt nusxalar savdodan olib qoyildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 177 prim 1-moddasining birinchi qismiga ko‘ra asarlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, asarlarning kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31822 | Инструменты