Kontrafakt nusxasi eng ko‘p tarqalgan kitoblarning “TOP-5” reytingi e'lon qilindi

Ayrim nashriyotlar fan, adabiyot va san’at ahlining mualliflik huquqlariga rioya qilmasdan, mualliflarning roziligisiz, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli shartnoma tuzmasdan chop etilgan kitoblarning “TOP-5” reytingi tuzildi.

1. O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” kitobi

Kitob haqida: Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat’i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin. (taqriz kitobxon.com saytidan olingan).

2. Uolter Ayzeks “Stiv Jobs” kitobi

Kitob haqida: Ushbu kitob texnologik taraqqiyot va raqamli inqilobning ramzlaridan biriga aylangan “Apple” dunyosining yaratuvchisi hayoti haqida hikoya qiladi. Kitobda Stiv Jobsning 40 dan ortiq intervyulari shuningdek, yaqinlari va uni tanigan odamlarning u haqidagi xotiralari bayon etilgan.

3. Tohir Malik “Odamiylik mulki” kitobi

Kitob haqida: Mazkur asar ma’naviyat va tarbiya masalasiga bag‘ishlangan “Odamiylik mulki” (Axloq kitobi) – risolasining “Ishq» deb nomlangan birinchi qismi va “Baxt” deb nomlangan ikkinchi fasli adib tanlagan asarlarining oltinchi jildidan, uchinchi fasli – “Saodat” esa to‘qqizinchi jildidan (Husni xulq) joy olgan.

4. Burhan Bozgeyik “Mashhurlarning so‘nggi lahzalari” kitobi

Kitob haqida: Ushbu kitob o‘z vaqtida dunyoni qo‘rquv hamda hayratga solgan ayrim mashhur tarixiy shaxslar, sarkardalar, davlat arboblari-yu prezidentlar, qolaversa, malika va shahzodalar hayotining so‘nggi lahzalari haqida hikoya qiladi. Mavlono Jaloliddin Rumiy, Chingizxon, Salohiddiy Ayyubiy, Arximed, Imom Gʻazzoliylarning so‘nggi lahzasi qanday o‘tgan? Bu haqida mana shu kitobdan javob olishingiz mumkin. (taqriz zukkokitobxon sahifasidan olingan).

5. O‘zgur Bajaksizning “Yashamoq sokinlik istar” kitobi

Kitob haqida: Turk essenavisi O‘zgur Bajaksiz ushbu kitobida xotirjamlik orqali hayot halovatini tuyish borasidagi mulohazalari, hayotga tatbiq qilish orqali mangu qalb halovatiga erishish sirlari bilan bo‘lishgan. Eng muhimi mazkur kitob mutolaa keyin o‘zingizni chuqurroq tadqiq etishni, hayotingiz haqida jiddiyroq fikr yuritishni boshlaysiz.

Dunyodagi eng qimmat kitob egasi kimligini bilasizmi?

Eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan “Leychester kodeksi” kitobidir. 

Uni “Maykrosoft” asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi “Sotbis” auksionidan 30,8 million AQSH dollarga sotib olgan. Ajablanarlisi shuki, u kitobni ko‘zgu yordamisiz o‘qib bo‘lmaydi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты