Huawei 1
Koreyaning Ulsan shahri yangi tartib asosida o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishni boshlaydi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida E-7 vizasi asosida ishlash imkoniyati ochildi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

26-may agentlik rahbari o‘rinbosari Matlab Kuranov boshchiligidagi ishchi guruh Ulsan shahar hokimi Kim Du Gyom bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida sanoat sohasidagi tajriba almashinuvi, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik hamda keyingi loyihalar muhokama qilindi.

Ulsan shahar hokimi joriy yilning mart oyida Farg‘ona shahrida ochilgan Ulsan kasb-hunarga o‘qitish markazining 105 nafar bitiruvchisi Hyundai kompaniyasiga ishga jalb qilinishini, qisqa muddatda ularning bandligi ta’minlanishini aytib o‘tdi.

“Endilikda o‘zbekistonliklarga Ulsan shahar hokimiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri E-7 vizasini berishi mumkin. Koreya hukumati tomonidan bizga berilgan vakolat doirasida fuqarolaringizni mamlakatimizning eng sanoatlashgan provinsiyasida malakali mutaxassis sifatida kutib qolamiz”, — dedi Kim Du Gyom.

Ulsan shahar hokimi, shuningdek, ishlash uchun borayotgan fuqarolar yagona talab — mamlakat qonunchiligiga rioya qilishlari kerakligi, natijada oilaviy kelib E-7 vizasi bilan ishlashlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53100 | Инструменты