Huawei 2
Latviya kompaniyasi o'zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi

O'zbekiston elchixonasi ko'magida 10-17-iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi yirik "Kreiss" kompaniyasi vakillarining O'zbekistonga ishchi tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi.

"Kreiss" va Tashqi mehnat migratsiya agentligi o'rtasida Latviyaga 600 nafar haydovchilarni uyushgan tarzda ishga jalb etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

"Vatanparvar" tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida o'zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo'yicha memorandum imzolandi.

Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o'tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishlari va YEI davlatlarida faoliyat ko'rsatishlari mumkin bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62617 | Инструменты