Huawei 1
"LOT Polish Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi

14-mart kuni Lot Polish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot muntazam qatnovlar uchun O‘zbekistonga birinchi reysini amalga oshirdi. 

Varshavadan uchgan samolyot 09: 00 da "Toshkent" xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Uzreport TV ijodiy jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib, maxsus aviareysni kutib olish jarayoniga qatnashdi.

Endilikda Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishidagi aviaqatnovlar mart oyida haftasiga 3 marotaba, aprel oyidan 4 marotaba amalga oshirilishi reja qilingan. 

Ushbu reyslar O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi turistlar almashinuviga ijobiy tas’ir ko‘rsatadi.

Ma'lumot uchun, Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi 1929-yil 1-yanvar tashkil topgan bo‘lib, birinchi xalqaro parvozni 1930-yil 1- aprelda ruminiyaning Buxarest shahriga amalga oshirgan.

Aviakompaniya bugungi kunda dunyoning 31 mamlakatning 49 shahriga parvozlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniyaning bosh qarorgohi Polshaning Varshava shahrida joylashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61001 | Инструменты