Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati xodimlari Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qamchibek Tashiyevga suiqasd uyushtirishni boshqargan uyushgan jinoiy guruhning faol a’zosi “Bosterinskiy” laqabli, Ruslan ismli shaxs ekani gumon qilinmoqda.
Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, “Bosterinskiy”ning jinoiy sherigi taniqli jinoiy avtoritet Qamchibek Ko‘lboyevning yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan va Issiqko‘l viloyatining Bo‘steri qishlog‘ida qorovullik qilgan. Bundan oldin esa ular talonchilik va qotillikka ayblanib sudlangan.
Qolaversa, To‘g‘ul tumanida uyushgan jinoiy guruh tarkibi va unda ishtirok etishda gumon qilingan shaxslar ham qo‘lga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112018 | Инструменты