Joriy yilning 6-avgust kuni kechqurun Magic City istirohat bog‘ida faoliyat yuritayotgan ikki fotosuratchi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ushbu janjal jiddiylashish natijasida 20 yoshli qashqadaryolik yigit hamkasbi 25 yoshli bolaga pichoq sanchgan.
Voqea joyiga yetib kelgan Ichki ishlar organi xodimlariga fuqaro Sh.D tomonidan qattiq qarshilik ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, xodimlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini yordamga chaqirgan va fuqaro qo‘lga olingan.
Jarohatlangan fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda uning salomatligi qoniqarli ekanligi aytilmoqda.
Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194-(Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bo‘yicha jazo turi qo‘llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82421 | Инструменты