Huawei 1
Mahkumlarga yaqinlari bilan video-uchrashuvlar orqali muloqot qilish imkoni berilmoqda

“Mahbuslar ham o‘z huquqlariga ega va bu huquqlar hurmat qilinishi kerak, hatto ular jazolangan bo‘lsa ham. Agar biz insonning huquqlarini inkor qilsak, biz uning insoniyligini inkor qilamiz...” Mashhur davlat arbobi Nelson Mandelaning bu so‘zlari har qanday insonni insoniylikka, mehr-shafqatga chaqiradi.

Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofadan video-uchrashuv huquqini berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.  

Mazkur tartibni o‘z ichiga olgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Deputat Saydulla Azimov loyiha bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Qayd etilganidek, mahkumlarga masofadan video-uchrashuv huquqini berish orqali ularga o‘z yaqinlari bilan onlayn uchrashish imkoniyati yaratiladi. Loyihada mahkumlarning masofali video-uchrashuv huquqini amalga oshirish soni, shartlari va tartibi, qo‘shimcha video-uchrashuv imkoniyatlari to‘liq o‘z aksini topmoqda. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mahkumlarning oila aʼzolari bilan muloqot qilish imkonini kengaytirishga, fuqarolar sarsongarchiligining oldini olishga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122505 | Инструменты