Huawei 1
Makka shahrida qiyin ahvolda qolgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

2024-yil fevral oyidan buyon Saudiya Arabistonining Makka shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan hamyurtimiz I.I. O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

O'zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko'ra, yurtdoshimiz shu yilning yanvar oyida oila a'zolari bilan ziyorat qilish uchun Saudiya Arabistoniga kelgan va keyinchalik insult tashxisi bilan Makka shahridagi Ibn Sino kasalxonasiga davolanish uchun yotqizilgan. Vatandoshimizning viza muddati tugashi va mamlakatdan chiqib ketishga taqiq qo'yilgani tufayli O'zbekistonga qaytishga bo'lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Shu vaqt davomida O'zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi I.I.ning oilasiga zarur maslahat yordamini ko'rsatgan va diplomatlar Saudiya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan birgalikda vatandoshimizni O'zbekistonga qaytarilishida ko'maklashdi.

Barcha masalalar hal etilgach, joriy yilning 22-avgust kuni bemorning uyiga parvozi uchun yo'l hujjatlari rasmiylashtirilib, shifoxonadan Jidda xalqaro aeroportiga zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan yetkazilishi ta'minlandi.

Natijada, joriy yilning 23-avgust kuni fuqaro I.I. va uning o'g'li J.I. shifokor hamrohligida Toshkentga jo'natildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122311 | Инструменты