Huawei 1
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi yosh pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

21-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi. Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashib, oʻz savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. 

Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan ta'lim muassasalarida oʻzlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish; 2023-2024-oʻquv yili davomida amalga oshirilgan oʻzgarishlar; ta'limda innovatsion loyihalardan foydalanish; inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob berib o‘tdi.

Uchrashuv so’ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62912 | Инструменты