Buxorodagi bog'chada tarbiyalanuvchi bolaga jarohat yetkazildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bolaga jarohat yetkazilganligi aytilayotgan video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 24-iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani Tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori G.H. IIB ga xabar berib, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, 2019-yilda tug‘ilgan A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganligini bildirgan.

O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24-iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Yu. boshqa bola, A.S. (2019-yilda tug‘ilgan) bilan urishgan, shu sababli A.S. ning otasi X.F. A.Yu. ni yuziga urib, jarohat yetkazgan.

Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70114 | Инструменты