Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchilar va direktor o‘rtasida dahanaki janjal bo‘lgani haqida video tarqaldi. Unda janjalga uzoq yillardan beri davom etayotgan korrupsiya, nohaqliklar, talon-tarojliklar sabab bo‘lgani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova rasmiy munosabat bildirdi.
Vazir Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, tarmoqlarda tarqalayotgan videogi voqea sodir bo'lganiga ancha vaqt bo'lgan. Maktab direktori ayni damda ma’muriy qamoq jazosidan ozod etilgan.
"Shu o‘rinda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs o‘z muomala madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchiman",- deydi Hilola Umarova.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты