Huawei 1
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan bog'chalar rahbar va pedagoglarini rag'batlantirishga ruxsat etiladi

“Maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

- maktabgacha ta'lim tashkilotining direktori o'rinbosari lavozimi joriy etiladi;

- respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

- barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

- trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o'rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo'shimcha har oylik ustama haq to'lanadi.

2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham rag'batlantirishga ruxsat etiladi.

2025-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim guruhlari ochiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100421 | Инструменты