Huawei 1
Malayziyaning eng yirik universiteti O'zbekiston bilan hamkorlik qilmoqda Bosh sahifa Hamkorlik Malayziyaning eng yirik universiteti O'zbekiston bilan hamkorlik qilmoqda

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti rektori Shahrin Sahib bilan uchrashuv o'tkazdi

Malayziya tomoniga "O'zbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati, hujjatning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lmish ta'lim tizimi islohotlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shahrin Sahib universitetning O'zbekiston ta'lim muassasalari bilan bugungi aloqalarini ijobiy ta'riflab, ular bilan mavjud hamkorlik memorandumlarini yangi amaliy loyihalar bilan boyitish hamda oliy ta'lim, ilm-fan va texnika sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, o'qituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro jurnallarda maqolalar nashrini yo'lga qo'yish, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar borasida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Muzokaralar natijasida muhandislik-texnologiya, sun'iy intellekt, neft muhandisligi, arxitektura-shaharsozlik, turizm menejmenti va boshqa o'zaro qiziqish kasb etuvchi yo'nalishlarda akademik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish, o'qituvchi va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, 2024-yilda universitet delegatsiyasining O'zbekistonga navbatdagi tashrifini amalga oshirish rejalari xususida fikr almashildi.

1956-yilda tashkil etilgan MARA Texnologiya universiteti mamlakatdagi eng yirik davlat oliy ta'lim muassasalaridan biri sanaladi. U "QS World Rankings" reytingida 555-o'rinda qayd etilgan. Universitetning mamlakat bo'ylab 34 ta filiali mavjud. Oliygoh talabalari soni esa 187 mingdan ziyodni tashkil qiladi. Hozirgi kunda 500 dan ziyod ta'lim dasturlari amalga oshirilmoqda.

MARA Texnologiya universiteti O'zbekiston Fanlar akademiyasi, Buxoro davlat universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga