Huawei 1
Manzarali daraxtlar ko‘rgazmasida taqdim etilgan hech bir daraxt ko‘chati tadbirkorlar yohud davlat tashkilotlariga majburan sotilayotgani yo‘q — Toshkent shahar hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlarni daraxt sotib olishga majburlashayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, tadbirning maqsadi ishtirokchilarga shaharga qanday daraxtlarni qay tarzda ekilgani ma’qul va to‘g‘ri bo‘lishi haqida xabardor qilish va bu yo‘nalishda muhim ma’lumot va tavsiyalarni berishdan iborat.

Ta'kidlanishicha, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga hissa qo‘shishni istaganlar o‘z xohishlariga ko‘ra istalgan joydan daraxt va gul ko‘chatlarini sotib olishlari mumkin.

Shaharni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi o‘z rejasi asosida mustaqil ish yuritadi.

"Shahar hokimligi ko‘chat sotib olishga majburlash bilan bog‘liq har qanday holat bo‘yicha quyidigi telefon raqamiga murojaat qilishlarini so‘radi: 71 210-01-62", deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11914 | Инструменты