Huawei 1
Maosh 1100 yevro: O'zbekistonlik yuk avtomobillari haydovchilari Latviyaga ishga taklif qilinmoqda

18 dan 55 yoshgacha bo‘lgan o'zbekistonlik yuk avtomobillari haydovchilari Latviyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Talab etiladi:

- sohada kamida 1 yillik tajriba;

- rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;

- sudlanmaganlik;

- sog‘lom bo‘lish.

Ish vaqti – haftada 40 soat.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish, viza va aviachipta, Latviyadagi ovqatlanish hamda yashash xarajatlari fuqaro tomonidan to‘lanadi.

Belgilangan talablardan kelib chiqib ayni yo‘nalish bo‘yicha xorijdaish.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun haftaning har chorshanba kuni tanlov tashkil qilinadi.

ro‘yxatdan o‘tish

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92114 | Инструменты