Huawei 1
Qozog‘istonning Turkiston viloyati koloniyasidagi mahbuslar g'alayon ko'tardi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi koloniyada mahkumlar tomonidan tartibsizlik uyushtirildi, uch kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Orda.kz.

Jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi matbuot xizmatining izohlashishicha, baʼzi mahkumlar qamoqdagi saqlash rejimidan norozilik bildirishgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tartibsizlikda ikki Milliy gvardiya askari va koloniya zobiti yengil tan jarohatlari olgan. Ayni paytda vaziyat barqarorlashgan.

Avvalroq Chimkentdagi koloniyalardan birida 37 yoshli mahbus to‘satdan vafot etgani xabar qilingan. Erkak bir oy oldin qamoqqa tushgan bo‘lgan. Qarindoshlari uning o‘limiga muassasa xodimlarining aloqadorligini aytishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92117 | Инструменты