“Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi oliy darajadagi rasmiy uchrashuv yakunlangach, yetakchilar birgalikda Orol madaniyat sammiti ekspozitsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazmada Orol ekotizimini tiklash, hududning madaniy merosini asrab-avaylash va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan noyob tashabbuslar namoyish etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41106 | Инструменты