Huawei 1
Markaziy Osiyoning iqlim muammolariga chidamliligi uchun moslashuv choralari ko'rib chiqiladi

Toshkentda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan Markaziy Osiyoning 5 ta davlatida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim risklarini boshqarish” mintaqaviy dasturi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda dastur Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Seminar Markaziy Osiyodagi beshta transchegaraviy daryolar havzasi: Chon-Kemin/Chu, Zarafshon, Isfayram-Soy, Shohimardon va Murgʻob uchun 30 ta ishlab chiqilgan moslashuv chora-tadbirlarini muhokama qilish maqsadida tashkil qilindi.

Tasdiqlash boʻyicha seminarda milliy va mintaqaviy hukumat darajasidagi manfaatdor tomonlar, jumladan, ekologiya, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi va suv resurslarini boshqarish boʻlimlari, shuningdek, Markaziy Osiyoning beshta davlatining suv havzalarini boshqarish assotsiatsiyalari iqlim xavfini baholash, moslashish va ta’sirlarni yumshatish chora-tadbirlari hamda mintaqaviy va milliy ustuvorliklarga rioya etilishini ta’minlash natijalarini muhokama qilishdi. Ishtirokchilar yanada samarali va hududiy sharoitlarga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish bo'yicha yakuniy fikr-mulohazalar va tavsiyalarni bildirdilar.

Seminarda 2024-yilda Markaziy Osiyoda salohiyatni mustahkamlash, transchegaraviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar yakunlari sarhisob qilindi.

Shuningdek, mintaqaning barqarorligi uchun zarur bo'lgan joriy iqlim xavflari va moslashuv choralari muhokama qilindi. Har bir davlatning hissasi qayd etilib, ishtirokchilar mavjud moslashish strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar. Yakunda chora-tadbirlarni takomillashtirishga kelishib olindi, bu bizga iqlim muammolariga yanada samarali javob berish imkonini beradi. 2025-yilda yangilangan moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirish kutilmoqda.

Mazkur seminar mintaqaning barqarorligini va Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim muammolariga javoban hamkorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122505 | Инструменты